Jańalıqlar

O‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qilish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputatlari Nafisa Qurbonova va Ziyoda Raximberganova tuman «Kelajak markazi»da tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mudiri Xolmurod Qodirov bilan birgalikda o‘quvchilarni turli to‘garaklarga jalb qilish, to‘garaklarni samarali tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘garaklarga keng jalb qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga eʼtibor qaratildi.