DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Islomova Fotima Bazarovna doimiy komissiya faoliyati doirasida deputatga biriktirilgan tuman Arxiv bo‘limida bo‘lib, bo‘lim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida arxiv hujjatlarini qabul qilish, saqlash va tartibga keltirish, fuqarolarga arxiv xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilishi bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflarni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Deputatlik nazorati doirasida tuman Arxiv bo‘limi faoliyati bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati
Islomova Fotima Bazarovna