DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Kilichov Ma’ruf Ma’murjonovichga biriktirilgan Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🤝 Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 Aniqlangan holatlar va o‘rganish natijalari tegishli tartibda umumlashtirilib, deputatlik nazorati davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati
Kilichov Ma’ruf Ma’murjonovich