Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi ish rejasiga muvofiq, kotibiyat mudiri Asqar Baxromov tomonidan “Istiqlol” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, **“Ayollar daftari”**ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy, tibbiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📊 “Ayollar daftari”da jami 97 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingan bo‘lib:
🔹 40 nafar — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
🔹 3 nafar — tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagidagi xotin-qizlar;
🔹 8 nafar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar;
🔹 26 nafar — tibbiy va psixologik yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹 20 nafar — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.
📌 Amalga oshirilgan ishlar:
✅ 40 nafar xotin-qizga ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan;
🏠 8 nafar ayolga uy-joy sharoitini yaxshilash va ta’mirlash uchun qurilish materiallari ajratilgan;
🩺 25 nafar xotin-qizga tibbiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilgan;
⚖️ 20 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
💬 O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli bilan mahalladagi mavjud muammolar, ayollarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📋 Yakunda xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.