Jańalıqlar

“PAXTAOBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 4-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Axmedovaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan “Paxtaobod” MFY yoshlar yetakchisi Farrux Xolmatovning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 “Paxtaobod” MFYda yoshlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:
👥 14–30 yoshdagi yoshlar — 987 nafar;
💼 Yil boshida aniqlangan 16 nafar ishsiz yoshning barchasi ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlangan;
🎓 2 nafar yoshga oliy ta’lim muassasasida tahsil olishi uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan;
🤝 6 nafar og‘ir toifadagi yosh alohida nazoratga olinib, ular bilan individual ishlash maqsadida 3 nafar rahbar biriktirilgan.
📌 O‘rganish davomida yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚽️ Shuningdek, yoshlarni sport va boshqa to‘garaklarga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish hamda muammoli yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🌱 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va har bir yoshning muammosiga individual yondashish mahalladagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.