Jańalıqlar

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI BILAN UCHRASHUV

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek Yusupov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi raisi hamda shahar Kengashi raisi ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputatlar faoliyatiga alohida to‘xtalib, aholi muammolarini o‘rganish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan ishlarini yanada kuchaytirish va aholi bilan manzilli ishlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1