Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi tomonidan Andijon shahar hokimligi apparati xodimlari ishtirokida #36-son siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Unda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Siyosiy-ma’rifat soati deputatlar va kotibiyat xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirishga xizmat qiladi.