Jańalıqlar

DEPUTAT SO‘ROVI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tomonidan Prezidentning 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida deputat so‘rovi yo‘llandi.

So‘rov orqali muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash, ularni yetkazib berish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish holati o‘rganiladi.

Shuningdek, soha mutaxassislari bilan ta’minlanganlik, yangi vositalarning fuqarolarning yurish-harakat imkoniyatlari va jismoniy tiklanishiga ta’siri, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yuzasidan ma’lumot so‘raldi.

Slide 1 of 2