35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

XALQ DEPUTATLARI ANDIJON SHAHAR KENGASHI

Haftalik ish rejasi va 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar FHDYO bo‘limida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash holati, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va fuqarolarga qulaylik yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mazkur ishlar 24 Tavsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan.

Slide 1 of 1