Andijon shahar 2-son texnikumida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!