35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

340-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet

340-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

⏫️ “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil I mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida 340-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda komissiya a’zolari ishtirokida o‘rganildi.

🕯 Loyiha doirasida barcha eshik va deraza romlarini yangilash, derazalarga tokchalar o‘rnatish, atrof qismlarini ta’mirlash, binoning fasad qismini sokoli bilan to‘liq ta’mirlash, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini, shuningdek, barcha hojatxonalar, kanalizatsiya va yerto‘la quvurlarini ta’mirlash ishlari belgilangan.

📝 O‘rganish davomida bajarilgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirilib, loyiha doirasidan chetga chiqilgan hamda yakuniga yetkazilmagan ishlar yuzasidan pudratchi tashkilot tomonidan tayinlangan mas’ul shaxsga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, qolgan ishlarni loyiha talablari asosida sifatli yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirishga tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida doimiy komissiya raislari Jamshid Karimov, Avaz Xudayberganov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

Slide 1 of 7