35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DEPUTATGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Kenjayev tomonidan tuman Kengashi deputati J. Mamadaliyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida deputatlarning faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholovchi bot bilan ishlashda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar o‘rganildi.

Jarayon davomida mazkur botdan foydalanish tartibi, deputatlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish hamda faoliyat samaradorligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, J. Mamadaliyevning kelgusidagi deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli rejalar tuzib olindi. Uchrashuv deputat faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3