Jańalıqlar

🏘 OQ OLTIN MAHALLASI RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan tumandagi Oq oltin mahallasi raisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🛣 Mahalla raisi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, mahalladagi ayrim ichki yo‘llar asfalt qilingan, shuningdek, ichki yo‘llarga 665-sonli qaror asosida mayda tosh yotqizish ishlari amalga oshirilgan.
📌 O‘rganish davomida mahallada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarning holati tahlil qilindi.