Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 21-Angor saylov okrugi deputati G.Baynazarova nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “O‘rtaovul” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
👩🏻💼 O‘rganish davomida xotin-qizlar faolining joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari hamda mavjud muammolari tahlil qilindi.
Hisobot davrida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilgani qayd etildi:
🟢Bandlik va tadbirkorlik: ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqachilikka jalb etish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilgan.
🟢“Ayollar daftari” bilan ishlash: ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.
🟢Oilaviy munosabatlar: oilaviy ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan individual ishlash, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar tashkil etilgan.
❗️ O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga amaliy, psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, mahallada sog‘lom va farovon oilaviy muhitni shakllantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!