35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Otayurt mahallasida aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar samarali davom etmoqda.

Xususan, mahallada aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilib, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va oilaviy daromadlarni oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, xonadonbay o‘rganishlar asosida ehtiyojmand oilalarning muammolari aniqlanib, ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish va daromadli mehnat bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Deputat G. Saytboyev tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari o‘rganilmoqda hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda.
Bunday amaliy ishlardan asosiy maqsad — mahalla aholisining bandligini ta’minlash, har bir oilaning daromadini oshirish, aholining munosib turmush sharoitini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishdan iborat.
Otayurt mahallasida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2