35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

#Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi faoliyati hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

📝 Mazkur o‘rganish jarayonida 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun talablarining hududda bajarilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ekologik nazoratni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🌱 Mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlarning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan tartibda boshqarish, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish hamda fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2