35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏫 MAKTABDA NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan “Xo‘jaqiya” mahallasi hududida joylashgan 75-son umumta’lim maktabida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔎 Nazorat tadbiri davomida ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlar, hududning obodonlashtirish va sanitariya holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

📋 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

👥 Ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni muntazam o‘rganish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish — yosh avlod uchun munosib ta’lim muhitini ta’minlashning muhim omilidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5