Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi, 32-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
1-masala:
Jondor tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan hisobot Rahmonova Shahnoz Hamroyevna — Tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan taqdim etildi.
Muhokamalar davomida Ўзбекистон Республикасининг 09.04.2025 йилдаги ЎРҚ-1053-сонли Қонуни ва Вазирлар Маҳкамасининг 12.05.2026 йилдаги 239-сон қарори ijrosini tizimli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.