35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILMOQDA

FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva o‘zi saylangan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaat va muammolarini uyma-uy yurib o‘rganmoqda.

O‘rganish davomida xonadonlarda fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, bildirilgan murojaatlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.