35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 Yoshlar bandligi masalasi deputatlik nazoratida

📌 Yoshlar bandligi masalasi deputatlik nazoratida

Mo‘g‘ol mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi masalalari tuman Kengashi deputati U. Almanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Nazorat-tahlil jarayonida 24 talik tavsiyalar asosida yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida yoshlar bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar va bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4