35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Sarmich MFYdagi 15-sonli maktabda ta’lim jarayoni o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sarmich MFYdagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayonlari, o‘quvchilarning bilim olish sharoitlari hamda pedagoglarning ish faoliyati yaqindan o‘rganildi.

📚 O‘rganish davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning ish rejalari, belgilangan vazifalarning bajarilishi va ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, darslarni samarali tashkil etish hamda pedagoglarning rejalashtirilgan ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha maktab mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi. Ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Ta’lim muassasasidagi ishlarning natijadorligi, berilgan tavsiyalarning ijrosi va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

✅ Sifatli ta’lim — munosib kelajak poydevori!

Slide 1 of 2