35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#_deputat_faoliyati Paxta terimida faol fuqarolar rag‘batlantirildi

#_deputat_faoliyati
Paxta terimida faol fuqarolar rag‘batlantirildi


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Zaripova tumandagi “Qulpista” fermer xo‘jaligida bo‘lib, paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etayotgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida paxta terimida yuqori natijalarga erishib, mavsumiy yig‘im-terim ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolarga sovg‘alar topshirilib, ularning mehnati munosib rag‘batlantirildi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda mo‘l hosil yetishtirish, uni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olishda fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda fuqarolarning hissasi katta.

Bunday e’tibor va rag‘bat mehnatkashlarni yanada ruhlantirib, yig‘im-terim ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirishga xizmat qiladi.

Mehnat qadrlangan yurtda baraka va farovonlik bardavom bo‘ladi!

Slide 1 of 3