🌿 NURONIYLAR — HAYOT TAJRIBASI VA DONO MASLAHATLAR MANBAI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengash raisi O. Tursunov tomonidan nuroniy otaxonlar bilan samimiy uchrashuv va suhbat tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida nuroniylarning hayotiy tajribasi, mahalla va jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasida ularning ibrati va maslahatlarining ahamiyati haqida fikr almashildi.
📌 Shuningdek, hududdagi ijtimoiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni hal etishda nuroniylarning taklif va tavsiyalari tinglandi.
💬 Nuroniylarning hayotiy tajribasi — yoshlar uchun ibrat, ularning duosi esa jamiyatimiz uchun katta ma’naviy boylikdir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube