Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar mahalla hududida joylashgan dorixona faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
Dori-darmonlar assortimenti va narxlari: Aholi uchun eng zarur bo‘lgan dori vositalarining yetarli zaxirasi mavjudligi hamda narx-navoning barqarorligi ko‘zdan kechirildi.
Saqlash va sanitariya qoidalari: Dori vositalarini saqlash sharoitlari, dorixona ichki va tashqi sanitariya holati hamda belgilangan talablarga rioya etilishi tahlil qilindi.
Murojaatlar va muloqot: Dorixona xodimlari hamda xaridorlar bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli farmatsevtika xizmati ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbirkorlik va ijtimoiy sohadagi ijro holatini o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz