35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏛 Poshxurt mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov “Poshxurt” mahallasidagi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlarini o‘rgandilar.

🔹 “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlab olingan hududda amalga oshirilayotgan 3 km uzunlikdagi beton suv o‘tkazgich lotoklarini qurish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahallaning obodonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3