35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#hokim_deputat #okrugda_ o‘rgaish #24_ta_masala

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Otabek Mavlyanov boshchiligida "Qurama-1" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari va daromad manbalari tahlil qilinib, har bir xonadonni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Aholini doimiy bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maqsad aniq: har bir oilaga daromad manbai yaratish va kambag‘allikdan chiqishning samarali yo‘lini belgilash.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10