35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov tomonidan Do‘stlik MFYdagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayonlari hamda o‘qituvchilarning ish rejalari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, pedagoglarning ish rejalari va ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda o‘quvchilarga berilayotgan ta’limning natijadorligini ta’minlash masalalariga qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash va kelgusidagi natijalarni qayta nazorat qilish masalasi deputat e’tiboriga olindi.

Slide 1 of 3