35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov tomonidan Do‘stlik mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, bandligini ta’minlash hamda moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Amaliy natijalar:
4 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan;
1 nafar fuqaroga 20 mln so‘m miqdorida foizsiz imtiyozli kredit berilgan;
yana 2 nafar fuqaro uchun foizsiz imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha hujjatlar tayyor holatga keltirilgan.

Mazkur ishlar fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3