Tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov tuman Kengashiga 24-“Nodira” saylov okrugidan deputat A.Karanovning okrugidagi “Cho‘kirli” mahallasiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mahalla aholisi bilan samimiy suhbatlashdi.
Xususan, mahalladagi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 160 kVt quvvatga ega yangi transformator hamda 20 dona beton ustun ajratildi.
Mazkur amaliy ishlar natijasida mahallada elektr ta’minotining barqarorligi ta’minlanib, aholining yillar davomida yechimini kutib kelgan muammosi bartaraf etilmoqda.