35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalla 17 ligida qonunchilik bo‘yicha tushuntirish berildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zarafobod tumani Kengashining 2-“Samarqand” saylov okrugi deputati O‘. Noraliev tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur Qonun O‘RQ-350-son, 2013 yil 22 aprel kuni qabul qilingan.
Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig‘inining vazifalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishdagi ishtiroki hamda mahalladagi masalalarni hal etishda aholining faolligi muhim ekani haqida tushuntirish berildi.
Mahalla 17 ligida aholining huquqiy bilimini oshirish va faolligini kuchaytirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3