35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari o‘rganildi

O‘rganish jarayonida bank filialida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan talablarga rioya etilishi, xodimlarning huquqiy va korrupsiyaga qarshi madaniyatini oshirish, murojaatlar bilan ishlash hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha mas’ullarga korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni yanada kuchaytirish, ish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 10