Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi 6-oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida 24 ta muhim tavsiyada belgilangan ehtiyojmand toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
Yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan 6-oilaviy poliklinikada fuqarolarga belgilangan tartibda bepul dori vositalari berilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, deputat tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlashda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berildi.