Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xolmatov Xojiakbar tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Afg‘on urushi qatnashchilari va ularning oila a’zolaridan hol-ahvol so‘raldi.
Tashrif davomida faxriylarning murojaatlari, muammo va ehtiyojlari o‘rganilib, “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasi doirasida ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ezgulik ulashish — insoniylikning oliy namunasi!