35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev va deputat A. Appaqov “Maydon bozori” MFYda bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Maqsad — aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish.