35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DUAL TA’LIM BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi doimiy komissiyasi raisi Dilafruz Qurbonova o‘z tashabbusi bilan komissiyaga biriktirilgan qonun va qarorlar ijrosi doirasida dual ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.

Ayni paytda Andijon shahar 65-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga qaratilgan jarayonlar tashkil etilmoqda.

Mazkur amaliyot o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2