35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

24 TAVSIYA: YOSHLAR BANDLIGI

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyada belgilangan vazifalarning 1-bandi — mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligiga qaratilgan.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha deputatlar yoshlarga:

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar;

Yoshlar uchun mavjud imkoniyat va imtiyozlar;

Ishsiz yoshlarni band qilish va kasb-hunarga yo‘naltirish imkoniyatlari;

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilgan sharoitlar;

Yoshlarning murojaatlari va ularni hal etish mexanizmlari haqida tushuntirish beradi.

Asosiy maqsad — yoshlarni mavjud imkoniyatlardan xabardor qilish va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.