35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

“Bog‘ishamol” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat bilan tanishdi.

📌 Natijalar e’tiborga molik:
13 nafar ishsiz fuqaroga jami 407 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi;
6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilib, bandligi ta’minlandi;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga amaliy ko‘mak berilmoqda.

🤝 Maqsad — raqamlar ortida inson taqdirini ko‘rish, har bir oilaning daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan samarali tizimni yanada kuchaytirish.

Slide 1 of 4