Bugun xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Yig'ilishda 2026-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida va Mirzo Ulug‘bek tumani mahalliy budjetining 2026-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Mazkur masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, belgilangan tartibda taklif va tasiyalar kiritildi.