#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🏛 HAMKORLIK ASOSIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat Q. Raxamov tomonidan Sherobod tumani IIB Migratsiya va Personalashtirish bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida bo‘lim faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga qulaylik yaratish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube