35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

MAHALLA HAYOTI VA AHOLI MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Muxsimov Nurulla tomonidan “Otchopar-1” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👥Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi mavjud holat hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammo va takliflar tinglandi.

📍Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

📝Mazkur kabi uchrashuvlar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!