Ko‘pchilikda bir savol tug‘iladi: Xalq deputatlari Kengashi qabul qilayotgan qarorlar qanday huquqiy kuchga ega va ular kimlar uchun majburiy?
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning
6-moddasida aynan shu masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.
💬Unga ko‘ra:
🟢Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qarorlar qabul qiladi;
🟢Hokim esa qaror va farmoyishlar chiqaradi;
🟢Kengash hamda hokim tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar maxsus Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqiladi, kelishiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
🟢Ro‘yxatdan o‘tmagan hujjatlar huquqiy asos bo‘la olmaydi;
🟢Kengash va hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar hududdagi barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Bizni kuzatishda davom eting!