35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 3-Motrid saylov okrugidan saylangan deputat Asrorova Baxtigul Abrorovna Motrid, Xumo, Xo‘jag‘unjoyish, Ma’rifat, Qo‘rg‘oncha hamda Geologlar MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.

 Liftlarning ishlash holati;
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi;
Uylarda issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar;
Parklar, xiyobonlar va bog‘larning holati o‘rganiladi.

Maqsad — aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi