35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Inson qadri — e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlanadi! 🤝

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova Qo‘qoni mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.

📌 Asosiy e’tibor — ijtimoiy ko‘makka muhtoj har bir oilaning muammosini o‘z vaqtida aniqlash, ularga manzilli va samarali yordam ko‘rsatish hamda aholining ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlashga qaratildi.

💙 Har bir inson e’tiborda, har bir oila davlat himoyasida!

Slide 1 of 3