35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sifatli ta’lim — taraqqiyot poydevori

Andijon shahrida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida an’anaviy “Ustozlar milliy forumi”ning yakuniy yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘tgan o‘quv yilining natijalari sarhisob qilinib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini rivojlantirish hamda yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Tadbirda Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Elyorbek Karimov hamda Kengash raisi Rahim Ziyayev ishtirok etib, ta’lim sohasi oldidagi muhim vazifalar yuzasidan fikr bildirdilar.

Sifatli ta’lim — kelajak avlod uchun mustahkam poydevor!

Slide 1 of 7