HAFTALIK DAYJEST:
Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:
🏘 Muammolar xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Chag‘atoy mahallasi ijtimoiy xodimi bilan birgalikda mahallada uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borildi.
📚 “Kitobxon onalar” — ma’naviyat va ma’rifat sari
📍 G‘ambur mahallasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitobxon onalar” tadbiri o‘tkazildi.
🏥 Tibbiy xizmat sifati — deputat e’tiborida
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida, xususan, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
🏫 Maktab infratuzilmasi rivojlantirilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida, xususan, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasi, sport inshootlari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish yo‘nalishida muhim loyiha amalga oshirildi.
🌱 Suv resurslaridan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: SHEROBODDA YANGI TA’LIM MASKANLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi arafasida Surxondaryo viloyatida ta’lim sohasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Viloyat bo‘ylab 100 dan ziyod yangi va zamonaviy ta’lim maskanlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.
📌 MAHALLA FAOLIYATI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati T.Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Katta hayot” mahallasi raisi O.Rahimovning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Deputatlar mahalla yettiligi bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashdi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
📌 Ekspert guruhi yig‘ilishida sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 35 YIL — TINCHLIK, BUNYODKORLIK VA YUKSALISH YO‘LI: SHEROBODDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KENG NISHONLANDI🎉
Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan katta bayram tantanasi ko‘tarinki kayfiyat va yuksak shukuhda nishonlandi.
Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Raisi O.Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.
🇺🇿 SHEROBODDA DAVLAT MUKOFOTLARI TANTANALI TOPSHIRILDI 🏅
🎉 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarni e’zozlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🩺 “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
🟣 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda tuman aholisi uchun Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube