35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

⚖️ Adolat va huquq — xalq xizmatida!

Kuni kecha Ilg‘or mahallasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida «Adliya kuni» tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Shaxmayev, tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDYO bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari, notariuslar hamda “Madad” NNT vakillari ishtirok etdi.

📌 Tadbir davomida fuqarolar uchun sayyor qabul, davlat va notarial xizmatlar tashkil etilib, aholini qiynayotgan huquqiy masalalar yuzasidan bevosita muloqot qilindi.

🤝 Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etgan masalalar esa nazoratga olindi.

Slide 1 of 5