35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Baxmal qishlog‘ida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati nazoratda

Baxmal qishloq fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya va obodonlik holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati N. Abdaxatov tomonidan hududda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, konteynerlar atrofining tozaligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar holati o‘rganildi.
Nazorat tadbiri davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va sanitariya holatini doimiy nazoratda ushlab borish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, mas’ullarni belgilash va natijani ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 3