📌 MAHALLIY KENGASH DEPUTATI FAOLIYATINING ENG MUHIM 24 TA USTUVOR YO‘NALISHLARI DOIRASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-“Qo‘shtegirmon” saylov okrugidan saylangan deputati N. Saidova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Qo‘rg‘on” mahallasida mahalla ijtimoiy xodimi M. Berdiyevaning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi hamda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli takliflar belgilab olindi.
🤝 Aholi manfaatlarini ta’minlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.