35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Fuqarolar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimiga e’tibor

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi ichki yo‘llarning holati, bolalar maydonchalarini tashkil etish va ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda boshqa qator ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan har bir murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar deputatlik nazoratiga olindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning ijrosi nazoratga olinib, ularning amaliy yechimi ta’minlanishi belgilandi.

Slide 1 of 3