35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 47-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, zarur jihozlar va yoqilg‘i zaxirasi bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, mavsumni betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun qulay va issiq sharoit yaratish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2